2025-2026- yillarda kuz-qish dasturi reja va ijro
Ayni kunlarda Yunusobod tumani hokimi Boxadir Abduvaliyev boshchiligida bor kuch va imkoniyatini kuz faslining iliq kunlaridan foydalanib, qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Xususan ko‘p kvartirali uylarning tom qismlari, kommunikatsiya tarmoqlari, uylarga kirish yo‘laklari hamda yer to‘la qismlarini ta’mirlash choralariga qaratmoqda. Tumandagi aksariyat ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasidagi kommunikatsiya tarmoqlari eskirib, muddatini o‘tab bo‘lgan. Shu boisdan, har yili maxsus dasturlar asosida quvurlarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Yunusobod tuman 1 348 ta ko‘p qavatli uylarning 5 769 ta kirish yo‘laklari mavjud ushbu ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklarida 27 813 ta elektr taqsimlovchi shitlar mavjud.
Elektr taqsimlovchi shitlarni mukammal va joriy ta’mirlash:
Reja 6 760 ta - Amalda 6 760 ta (100%) bajarilgan.
Ko‘p qavatli uylar tomini joriy ta’mirlash:
Reja 25 ta 4 105 m2 – Amalda 25 ta (4 105 m2) (100%) bajarilgan.
Ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklarini joriy ta’mirlash:
Reja 22 ta - Amalda 22 ta (100%) bajarilgan.
Ko‘p kvartirali uyning kirish yo‘laklarida framuga oynasini yangilash:
Rejasi 54,4 m2- Amalda 54,4 m2 (100%);
Ko‘p kvartirali uylarning bosh shitlarini mukammal ta’mirlash:
Rejasi 7 ta - Amalda 7 ta (100%);
????Ko‘p qavatli uylarning yer to‘la qismidagi kommunikatsiya tarmoqlarini joriy va mukammal ta’mirlash:
Rejasi 14 ta - Amalda 14 ta (100%);
Ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklariga Led lampalar o‘rnatish:
Rejasi 12 447 ta - Amalda 12 447 ta (100%);
Ko‘p qavatli uylarni bosim ostida yuvish:
Rejasi 1 097 ta - Amalda 1 097 ta (100%);
Ko‘p qavatli uylarni issiqlik bo‘g‘inlarida profilaktik ishlarni amalga oshirish:
Rejasi 1 246 ta - Amalda 1 246 ta (100%);
Toraytiruvchi moslamalarni o‘rnatish ishlarini amalga oshirish:
Rejasi 1 246 ta - Amalda 1 246 ta (100%).
Ko‘rilayotgan barcha chora-tadbirlar, eng avvalo, aholini rozi qilish, ularning hayotida qulaylik yaratish va qish mavsumini ko‘ngil xotirjamligi bilan o‘tkazishga qaratilgan.
O'zbekcha
Русский
English