2-SEKTOR HUDUDIDA IJTIMOIY OB’YEKTLAR O‘RGANILDI

02.08.2024 / 293

  Yunusobod tumani prokurori Ya.A.Abdurahmonov, Prezidentimizning 2024 yil 14-iyuldagi "Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-222-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16-aprel kungi "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 204-sonli qarori ijrosini o‘rgandi.
  Tuman prokurori dastlab, qarorda belgilangan vazifalar ijrosini “Shoshtepa” va" O‘zbekiston mustaqilligi" MFY lari misolida o‘rgandi. Mahallalardagi boshqaruv servis kompaniyasi, elektr energiya, suv ta’minoti va boshqa mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar,yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni ko‘zdan kechirdi.
   O‘rganish mobaynid elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berilib, faoliyati mobaynida sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mutasaddilarga mas’uliyatni oshirish bo‘yicha ogohlantirildi.
Shundan so‘ngi tuman prokurori Ya.A.Abdurahmonov, “Obod xonadon – Obod ko‘cha – Obod mahalla” mezonlarini ijrosini ta’minlash yuzasidan mahallalarda kommunal soha xodimlari, favqulodda vaziyatlar bo‘limi vakillari, mahalla raislari va boshqa tegishli idora va tashkilot xodimlari ishtirokida saf yig‘ilish o‘tkazdi. Unda mahalla hududini tozalash va obodonlashtirish yuzasidan rejalar tuzilib,har bir mahalla yettiligi, BSK va kommunal xizmat ko‘rsatish xrdimlariga ishlar taqsimlab berildi. Shu yerning o‘zida berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida amalga barcha ishlar taqsimlanib, mahallalarga guruhlar tarqaldi.
  Sektor rahbari ishlarning boshida turib, mahallalarda piyoda aylandi.Xususan hududdagi 258-sonli umumta’lim maktabini o‘rganish ishlarini davom ettirib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, binoning me’moriy qiyofasini tartibga keltirish, maktab ta’lim tashkiloti hududini obodonlashtirish va o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish borasida mas’ullarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
  Sektor rahbari Ya.Abdurahmonov boshchiligida mahallalardagi ichki ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududlari, ariq zovurlar, bolalar maydonchalari atroflari obodonlashtirilib, mavjud muammolarni bartaraf etildi.
Kunlik ishlarni tizimli tashkil qilish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Powered by GSpeech