2-jahon urushi qatnashchisiga Prezidentimiz tabrigi, pul mukofoti va sovg‘alar topshirildi

08.05.2025 / 150

  Yurtimizda Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashda jonbozlik ko‘rsatgan, Vatanimiz ozodligi va tinchligi uchun o‘zini ayamay xizmat qilgan faxriylarimizni qadrlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ulug‘lash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

  Shu munosabat bilan, 2025 yil 9 may — Gʻalaba kuni arafasida  Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari D.Raximova Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Yunusobod tumanidagi “Buyuk Turon” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Vera Vasilyevna Murina xonidoniga tashrif buyurishdi.

  Tashrif chog‘ida onaxonga davlatimiz rahbari — Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tabrigi, pul mukofoti, “Gʻalabaning 80 yilligi” medali hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Unga chuqur hurmat va minnatdorlik izhor etildi, salomatligi va uzoq umr tilab, samimiy muloqot o‘tkazildi. Vera Vasilyevna o‘z navbatida ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizga va xalqimizga o‘z minnatdorligini bildirdi. Uning hayot yo‘li, jasorati va xizmatlari kelajak avlod uchun namuna bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

  Bunday tadbirlar urush qatnashchilarining faol hayot tarziga katta ta’sir o‘tkazib, ularning ruhiyatini ko‘tarishda, tinchlik va osoyishtalik qadrini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Powered by GSpeech