1998 TA MIKROLOYIHALAR RO‘YXATI SHAKLLANTIRILDI
03.08.2024
/
240
Yunusobod tumanidagi 64 ta MFYga biriktirilgan 9 ta davlat tijorat banklari tomonidan har bir MFYdan 1 avgustga qadar 30 tadan qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida (tikuvchilik, qandolatchilik, bo‘yoqchilik, bolalar massaji, logistika xizmati, avtomobillar ta’mirlash xizmati va boshqalar) jami 1 920 ta mikroloyihalar manzilli ro‘yxati shakllantrilish rejalashtirilgan edi.
Hozirda 1 998 ta (104,1 foiz) qiymati 152,2 mlrd.so‘m bo‘lgan loyiha tashabbuskorlari aniqlab olingan. Natijada 3 624 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Shundan bugungi kunda platforma orqali 135 ta qiymati 15,8 mlrd.so‘m bo‘lgan loyihalar tasdiqlanib, ishga tushurildi va buning natijasida 330 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
O'zbekcha
Русский
English