18,6 MLRD SO‘M KREDIT EVAZIGA, 1122 TA YANGI ISH O‘RINLARI OCHILDI

02.09.2024 / 143

  Yunusobod tumanida tashabbuskor, ishning ko‘zini biladigan tadbirkorlar ko‘p. Tuman hokimi B.Abduvaliyev, tadbirkorlar bilan o‘tkazgan uchrashuvlarida, Prezidentimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar hamda qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirilib, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan masalalar joyida bartaraf qilib borilmoqda.
  Muhtaram Prezidentimiz tomonidan berilgan joriy yilning avgust oyiga qadar har bir mahallada 30 tadan mikroloyihalarni ishga tushirish to‘g‘risidagi topshiriqlariga muvofiq, tumanning 64 ta mahallasida jami 2107 ta qariyb 150,1 mlrd so‘mlik mikroloyihalar shakllantirildi. Ushbu mikroloyihalardan 511 tasi ishga tushirildi. Natijada, mazkur loyihalarga tijorat banklari tomonidan 18,6 mlrd so‘m kredit ajratildi hamda 1122 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Powered by GSpeech