14 –yanvar Vatan himoyachilari kuni

14.01.2025 / 176

Yunusobod tuman mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan Qurolli Kuchlar tashkil etilgaligining 33 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda davlatimiz sarhadlarini qo‘riqlayotgan, xalqimiz tinchligini ta’minlash uchun jonini berishga tayyor turgan harbiylarimiz bayram bilan samimiy muborakbod etildi. So‘z olganlar, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Ko‘mondoni tomonidan sohaga qaratilayotgan ulkan etiborni alohida tilga oldi.

Bayram tadbiri davomida mamlakatimizning mudofaa qudratini mustahkamlashda ulkan hissalarini qo‘shib kelayotgan, xalqimiz tinchligini saqlashda o‘z fidoiyligi, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqati, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qo‘shgan xizmatlari uchun bir guruh harbiylar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan takdirladi.

Bayram tadbiri shoir va ijodkorlarning Vatanni madh etuvchi she’rlari hamda tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlarining qalblarga jo‘shqin kayfiyat ulashuvchi kuy-qo‘shiqlari bilan ko‘tarinki ruhda davom etdi.

Powered by GSpeech