1-sektor shtabida sayyor qabul o‘tkazildi

21.02.2025 / 174

Bugun Yunusobod tumani hokimi sektori shtabida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosarlari, tuman Xalq qabulxonasi, korxona va tashkilot rahbarlari hamda 1-sektor hududidagi aholi ishtirok etdi.

Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari eshitilib, ularning muammolariga yechim topish maqsadida mutasaddi tashkilotlar vakillari jalb etildi.

Qabulda asosan ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, yer va mulk masalalari, tadbirkorlikni rivojlantirish,subsidiya, ish bilan ta’minlash kabi yo‘nalishlardagi murojaatlar qabul qilindi.

Tuman hokimligi mas’ullari har bir murojaat yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berib, muammolarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha choralarni belgilab berdi.

Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalarga yechim topish imkoniyati yaratilgani uchun minnatdorchilik bildirishdi. Bunday sayyor qabullar doimiy ravishda o‘tkazilayotganligi va aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Powered by GSpeech