1-SEKTOR SHTABIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Yunusobod tumani hokimining 1-o‘rinbosari Avazbek To‘laganov, birinchi sektor hududi shtabida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.Unda tuman hokimligi mas’ullari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etdi.
Qabulda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy-maishiy, huquqiy masalalarni hal etishda amaliy yordam so‘radi. Jumladan, oilaviy tadbirkorligini ochish, ish bilan ta’minlash,ijtimoiy xizmat, aliment undirish, sog‘ligini tiklash uchun moddiy yordam, tijorat bankidan kredit mablag‘lari olishda ko‘mak so‘rab, murojaat qilindi. Qabul davomida har bir murojaat mutasaddi tashkilotlar mas’ullari ishtirokida hal etiladigan bo‘ldi.
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi, ayrimlariga huquqiy tushunchalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
O'zbekcha
Русский
English