1-SEKTOR SHTABIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI

28.12.2024 / 167

Yunusobod tumani hokimi shtabida sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari hamda mahallalarda istiqomat qilayotgan fuqarolar ishtirok etdi.

Har bir murojaat ortida aholini qiynab kelayotgan muammosi yotadi. Shu boisdan tuman hokimi o‘rinbosarlari murojaatlarni mutasaddi rahbarlar bilan o‘rganib, masalani ijobiy yechimini ta’minlayapti.

 Qabul davomida fuqarolardan ishga joylashish, mulk huquqi, uy-joy, subsidiya ajratish, oilaviy tadbirkorlik va boshqa o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi.

Barcha murojaatlarga mutasaddilarni mas’ul qilib biriktirildi.  Ijrosi qat’iy nazoratga olinib, aksariyati  joyida hal etildi. Ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qanoatlantirildi.

Powered by GSpeech