1-SEKTOR: QISH MAVSUMINI BETALOFAT O‘TKAZISH BO‘YICHA ISHLAR TAQSIMLANDI
Yunusobod tumani hokimligi 1-sektor shtabida qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan ertalabki yo‘riqnoma o‘tkazildi. Unda tuman hokimi 1-o‘rinbosari A.To‘laganov, hokim o‘rinbosari D.Yusupov, mahalla yettiligi, BSK rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda 1-sektor hududidagi mahallalarda kommunal xizmat sifatini yanada yaxshilash, issiqlik, tabiiy gaz elektr energiyasi uzluksizligi, energiya tejamkorligini va hudud obodligini ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklardan kelib chiqib, mahalla yettiligi va BSKlar 24/7 rejimda ishlarni tashkil qilishga to‘xtalib, mahalla ichki yo‘llari, ta’lim, tibbiyot, savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari ko‘chalarini qor va muzlamalardan tozalash, kommunal sohada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar taqsimot qilindi.
A.To‘laganov, kommunal sohalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyalarni tezkorlikda bartaraf etish yuzasidan qo‘shimcha topshiriqlar berdi.
O'zbekcha
Русский
English