1-SEKTOR: KULOLQO‘RGʻON MFYDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Bugun Yunusobod tuman hokimligi apparat rahbari A.Samadov "Kulolqo‘rg‘on" MFYda "Mahalla yettiligi" faoliyatini o‘rgandi. Muloqotda mahallada mavjud muammolarning yechimi hamda yettilikni vazifalari, bandlik, og‘ir toifadagi yoshlar bilan ishlash, obodonlashtirish va boshqa masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Suhbat mobaynida “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy himoyasini ta’minlash bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, mahalla yettiligi oilalarda ijtimoiy muhitni barqarorlashtirish, profilaktik tadbirlarni muntazam olib borish, oilaviy tadbirkorlik, aholi ish bilan ta’minlash, huquqbuzarlikning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi. Mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida kasb-hunar kurslarida bepul o‘qitilmoqda. Ular hunar o‘rganib o‘zini o‘zi band qilib kelmoqda. A.Samadov ushbu markaz faoliyati bilan ham tanishib, bandlikni ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalarini berdi.
Uchrashuvda, mahalla yettiligi aholi muammolarini hal etish, fuqarolarda tadbirkorlik istagini kuchaytirish, huquqbuzarlik profilaktikasini kuchaytirish, ijtimoiy ma’naviy muhitni saqlash, aholini rozi qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
O'zbekcha
Русский
English