1-SEKTOR HUDUDIDA NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI

10.12.2024 / 176

Yunusobod tumani hokimining 1-sektor shtabida mahalliy aholini qiynab kelayotgan muammolarini hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda tuman hokimining 1-o‘rinbosari Avazbek To‘laganov, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulda 1- sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan fuqarolar tomonidan oilaviy tadbirkorlikni boshlash, bandlikni ta’minlash, uy-joy, yer, kadastr, ijtimoiy, qurilish, tibbiy va moddiy yordam, subsidiya olish kabi turli masalalarda murojaat qilindi.

Qabulga kelgan har bir fuqaroning murojaati qonunchilikda belgilangan tartibdi ko‘rib chiqildi. Hech bir murojaat tuman hokimligi mutasaddilarining e’tiboridan chetda qolmadi. Muddat talab etadigan masalalar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Powered by GSpeech