1-iyun — “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”

01.06.2025 / 138

  Bugun Yunusobod tumanida joylashgan Doni Zokirov nomidagi 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining "Xoreografiya san’ati" bo‘limi o‘qituvchi va o‘quvchilari 1-iyun — “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan "HIGH TOWN MALL" savdo markazi tomonidan tashkil etilgan bayram konsert dasturida faol ishtirok etishdi.

  Ijodkor bolajonlar tomonidan sahnada namoyon etilgan raqslar, milliy va zamonaviy xoreografiya elementlari hamda jozibali chiqishlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir mehmonlari — savdo markaziga tashrif buyurgan bolajonlar va ota-onalar uchun unutilmas bayramona kayfiyat yaratildi.

 Bayram dasturida nafaqat raqslar, balki bolalar uchun qiziqarli o‘yinlar, interaktiv savol-javoblar va sovg‘alar uyushtirildi. Chiqish yakunida ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari, tashakkurnoma va maxsus sertifikatlar topshirildi.

Powered by GSpeech