Yunusota MFY: Saylovda xalq ishonchi va demokratik qadriyatlar namoyon bo‘ldi

17.05.2025 / 178

Yunusobod tumani Yunusota mahallasida aholi ishtirokida muhim siyosiy jarayon — mahalla raisi saylovi bo'lib o'tdi. Mazkur saylov xalqning o'z fuqarolik burchlarini ado etishi, demokratik qadriyatlarning rivojlanishini, mahallaning kelajagiga bo'lgan jiddiy e'tiborini ko'rsatadi. Saylov jarayonida aholi faol ishtirok etdi, bu esa ularning o'z huquqlariga, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga befarq emasligini yana bir bor tasdiqladi.

Saylovda 3 nafar nomzod qatnashdi. Ular o'z dasturlari va mavjud muammolarga munosabat bildirib, mahallaning kelajagi uchun aniq rejalari bilan taqdim etishdi. Shu bilan birga, saylovchilar nomzodlar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotda bo'lib, ularga ishonch bildirgan holda, o'z ovozlarini berishdi.

Natijalar bo'yicha, Abdurashid Samigov 285 nafar saylovchidan 271 tasining ovozini olgan holda, Yunusota mahallasi raisi etib qayta saylandi. Bu — aholi unga bo'lgan ishonchi, uning faoliyatidan mamnunligi va mahalla faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlayotganining yaqqol namunasidir. Abdurashid Samigovning davom etgan rahbarligi, amalga oshirilgan islohotlar va mahalla aholisining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar aholining o'zida katta ishonch va hurmat uyg'otgan.

Bu natija — fuqorolarning Samigov Abdurashidga bo'lgan yuqori ishonchi, uning faoliyatidan mamnunligi va mahalla faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlayotganini yaqqol tasdiqlaydi. O'tgan davr mobaynida Samigov rahbarligida mahallada bir qator ijobiy o'zgarishlar amalga oshirildi: mahalla obodonlashtirildi, kommunal xizmatlar holati yaxshilandi, yoshlar uchun yangi faoliyat imkoniyatlari yaratildi.

Yunusota mahallasi ahli Samigov Abdurashid Abdug'afforovich rahbarligida mahallaning obodonlashuvi, ijtimoiy farovonlik va jamoatchilik faoliyatining yana-da yuqorilashiga ishonch bildiradilar. Mahalla aholisi uchun ahamiyatli bo'lgan sohalarda — ya'ni ish bilan ta'minlash, yoshlar siyosati, tadbirkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy yordam dasturlarini kengaytirish sohalarida muhim chora-tadbirlar ko'rilmoqda.

Shu bilan birga, yoshlarning mahalla hayotidagi faoliyatini oshirish, ayollar va nogironlar uchun barqaror ish va ta'lim imkoniyatlarini yaratish, sog'liqni saqlash va maishiy xizmatlarning sifatini oshirishga qaratilgan rejalari ham amalga oshirilmoqda.

Bu saylov axborot va demokratik jarayonlarda fuqolarning ishtirokini yana-da oshirish, ularga faoliyat ko'rsatish va yoshlar, ayollar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqorolarga yana-da qulay va zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida muhim bosqich bo'ldi.

Powered by GSpeech