YUNUSOBOD YOSHLARI YANA BIR BORA O‘Z USTUNLIGINI NAMOYON ETDI!

21.06.2025 / 133

Bugun, Yunusobod sport majmuasida, mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi voleybol musobaqasining “Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun Respublika bosqichi yuqori tashkilotchilik darajasida o‘tkazildi.

 Musobaqada O‘zbekistonning barcha viloyatlari hamda Toshkent shahridan kelgan 16–21 va 22–30 yosh toifalaridagi eng sara jamoalar ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar. Jamoalar musobaqa davomida yuqori jismoniy tayyorgarlik, jamoaviy hamjihatlik, iroda va g‘alabaga bo‘lgan intiluvini yaqqol namoyon etishdi.

Natijalarga ko‘ra, 16–21 yosh toifasida ishtirok etgan Yunusobod tumanidagi Nurmakon mahalla fuqarolar yig‘ini voleybol jamoasi barcha raqiblarini mahorat bilan mag‘lub etib, Respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

???? G‘olib jamoalar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom, esdalik sovg‘alari hamda kuboklar bilan taqdirlandi. Bu g‘alaba nafaqat jamoa a’zolarining, balki butun Yunusobod tumani yoshlarining ezgu mehnati va sportga bo‘lgan sadoqatining yorqin samarasidir.

Yunusobod yoshlari, sizlarni chin qalbdan tabriklaymiz! Ushbu zafarlı g‘alaba ularning sport sohasidagi intilishlariga katta ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi. Kelgusida ham yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilishlariga ishonamiz.

G‘alabalaringiz bardavom bo‘lsin, yoshlar! Sportda yuksak marralar sari olg‘a!

Powered by GSpeech