Sumalak sayili o‘tkazildi
Yunusobod tumani hokimligi tomonidan “Mirzo Ulug‘bek” mahallasida bahor nafasi, yangilanish va mehr-oqibat ramzi bo‘lmish Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan sayl ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Baxt va umidga to‘lgan kun, go‘zal bayramning shodlik va quvonch bilan badiiy dasturlarda haqiqiy mehr-muhabbat va yangi umidlar ifodalandi.
Bu bayramda tabiat yangi hayotga qadam qo‘yganini, bahorning har bir nafasida yangi umidlar va hayot sari yo‘l olgan qadamlarni sezish mumkin edi. Qo‘shiqlar yuraklarni ichiga kirib, xalqni badiiy, ijodiy manzaralarga olib kirdi. Gullar, bahor, yangilanish haqidagi so‘zlar yuraklardan yuraklarga yetib borib, saxovatga undagani rost.
Dosh qozoni atrofida kuy-qo‘shiqlar, o‘yin kulgularga ulanib ketdi. Sumalak sayili odamlarning ko‘ngillariga yorqin nur va quvonch qalqdi. Ushbu sayl, har bir odamni yangiliklarga, ijodiy hayotga va ulug‘likka yondoshuvchi asosiy manba sifatida yodda qoldi.
O'zbekcha
Русский
English