Sport majmuasining ochilish marosimi o‘tkazildi

18.04.2025 / 186

  Bugun poytaxtimizning Yunusobod tumani 2-sonli sport maktabi filiali hududida Sport vazirligi hamda "Vosiq International School" MCHJ o‘rtasida tuzilgan DXSH bitimiga asosan bunyod etilgan yangi sport majmuasining ochilish marosimi o‘tkazildi.

  Tadbirda Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov, faxriylar, yosh sportchilar ishtirok etdi.

  Majmua hududida zamonaviy sport zali, sun’iy qoplamali futbol maydoni, yugurish yo‘laklari, voleybol, basketbol, uzunlikka sakrash, vorkaut maydonchalari mavjud. Loyihaning umumiy qiymati 11,4 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

  Bugungi kunda sport maktabida 24 ta sport turidan 1291 nafar sportchilar 44 nafar malakali trenerlar qo‘l ostida muntazam shug‘ullanmoqdalar.

  Sport maktabi shug‘ullanuvchilari 2024 yil va joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 52 ta oltin, 79 ta kumush va 57 bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

  Yangi majmuada yaratilgan sharoitlar yosh sportchilarning natijalarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Powered by GSpeech