SESSIYA O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining III-chaqiriq beshinchi sessiyasi o‘tkazildi. Unda Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Sessiyada Yunusobod tumanini ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirishga oid 8 ta masala muhokama qilindi. Dastlab, 2025 yilda Yunusobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida masala ko‘rib chiqildi. Ushbu masala bo‘yicha tuman hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Avazbek To‘laganov hisoboti tinglandi. Shuningdek, A.To‘laganov kun tartibidagi Yunusobod tumani mahalliy byudjetining 2025 yilda shakllangan qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida masala bo‘yicha ham ma’lumot berdi.
Deputatlar ushbu masalalar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.
Sessiya kun tartibida Investisiyalarni jalb qilish va eksport ko‘rsatkichlari bo‘yicha Yunusobod tumanida 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida masala bo‘yicha tuman hokimining Investisiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Erkinlar Alisher o‘g‘li hisoboti tinglandi. Qayd etilganidek, tumanda 2024 yilda 46 ta investision loyihani ishga tushirish natijasida 236,1 mln.doll investisiyalar o‘zlashtirilib, 2 375 ta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan. Amalda oylarida 54 ta loyiha (117,3 %) ishga tushirilib, 2 475 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Qiymati 246,4 mln.doll. 2025 yilda 43 ta investision loyihani ishga tushirish natijasida 231,0 mln.doll investisiyalar o‘zlashtirilib, 2 457 ta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan.
Mazkur masala bo‘yicha ham deputatlar o‘zlarining fikr mulohazalari, takliflarini bildirdi.
Navbatdagi Yunusobod tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlari hamda 2025 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlari to‘g‘risida, tumani tibbiyot birlashmasining 2024 yil davomidagi amalga oshirilgan ishlari hamda 2025 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Qizg‘in muhokamalar jarayonida tuman Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazining 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlari hamda 2025 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlari to‘g‘risida masala bo‘yicha Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi bo‘lim boshlig‘i Zufar Kodirov hisoboti tinglandi. Bundan tashqari Yoshlar ishlari agentligi Yunusobod tuman bo‘limining 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlari hamda 2025 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masala bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi Yunusobod tuman bo‘limi boshlig‘i Murodjon Ikromov hisobot berib, deputatlar savollariga atroflicha javob berdi.
Sessiya kun tartibidagi barcha masalalar ovozga qo‘yilib, taqdlangach, xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashining tegishli qarori qabul qilindi.
O'zbekcha
Русский
English