SAYYOR QABUL
Yunusobod tumani hokimining 1-sektor shtabida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari hamda mahallalarda istiqomat qilayotgan fuqarolar ishtirok etdi.
Har bir murojaatni hokim o‘rinbosarlari mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda o‘rgandi. Qabulda aholi tomonidan ishga joylashish, oilaviy tadbirkorlik ochish, uy-joyni ta’mirlash va subsidiya ajratish, moddiy yordam olish, yer munosabatlari bilan bog‘liq bildirilgan bir qancha masalalar hokim o‘rinbosarlari tomonidan diqqat bilan tinglandi.
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi, ayrimlariga huquqiy tushunchalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Qabul davomida fuqarolardan ishga joylashish, mulk huquqi, moddiy yordam, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish kabi masalalar shu yerning o‘zida bartaraf qilindi. Sayyor qabulda har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, alohida nazoratga olindi.
Muxtasar aytganda, mazkur sayyor qabul davomida fuqarolarning dardu- tashvishlari eshitildi hamda vaqt va o‘rganish talab etiladigan masalalar bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
O'zbekcha
Русский
English