Posira mahallasida bolajonlar uchun unutilmas bayram tadbiri tashkil etildi

31.05.2025 / 166

  1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Yunusobod tumani Madaniyat bo‘limi va 25-sonli madaniyat markazi xodimlari hamkorligida Posira mahallasida bolalar uchun yorqin, shodlikka to‘la, iliq kayfiyat bag‘ishlovchi bayram tadbiri o‘tkazildi.

  Tadbir mahalla ahli, ota-onalar va ko‘plab bolajonlarning faol ishtirokida o‘tdi. Mahalla maydonchasida tashkil etilgan musiqali chiqishlar, rang-barang konsert dasturlari, jonli ijroda yangragan bolalar qo‘shiqlari va raqslar barchaga quvonch ulashdi.

  Bayram dasturi davomida bolalar uchun turli xil qiziqarli o‘yinlar, sport musobaqalari, ijodiy tanlovlar va viktorinalar o‘tkazildi. Har bir ishtirokchi o‘z qobiliyatini namoyon qilish, do‘stlari bilan baham ko‘rish va faxr bilan g‘olib bo‘lish imkoniga эга бўлди.

  Tanlovlarda faol qatnashgan va g‘olib bo‘lgan bolalarga esdalik sovg‘alari, kitoblar, rangli daftarlar, o‘yinchoqlar va ma'rifiy materiallar topshirildi. Bu esa ularning yuzida quvonch, qalblarida esa unutilмас хотираларни қолдирди.

  Bayram yakunida esa barcha bolajonlarga shirin va salqin muzqaymoqlar, шоколадлар ва ширинликлар тарқатилди. Bolalar музқаймоқларни қўлларида ушлаб, ота-оналари ва дўстлари билан шодлик ва баxt ҳиссини бирга бахам кўришди.

  Tadbir davomida unutilmas лавҳалар, болаларнинг шодлигу қувончи, уларнинг чинakam бахтли дамлари фотосурат ва видеолавҳаларда муҳрлаб олинди.

  Bunday bayram tadbirlari yoshlarda quvonchli bolalik xotiralarini shakllantiradi, ularning ijtimoiy фаоллигини оширади ҳамда jamiyatda mehr-oqibat ва birdamlik муҳитини янада кучайтиради.

  Yunusobod tumanida bolalar uchun bunday tadbirlar muntazam ravishda tashkil etilib, kelajak avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlat siyosatining ustuvor йўналишларидан бири эканини яна бир бор намоён этмоқда.

Powered by GSpeech