MАKTАBI FOYDАLАNISHGА TOPSHIRILDI

17.09.2024 / 236

   Yunusobod tumani hokimligi tomonidan umumtaʼlim maktablarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviylarini barpo qilish, ta'mirlash ishlari maxsus dasturlar asosida amalga oshirilmoqda.
  Bugun tumandagi ana shunday maktablardan biri Sobirobod MFYda joylashgan 259-umumtaʼlim maktabi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 13 maydagi 297-M sonli farmoyishiga asosan, qurilish va loyihalashtirish ishlari olib borildi.
  Maktabni foydalanishga topshirish marosimida Yunusobod tumani hokimi o‘rnibosari J. Nabiev,  Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼullari, shahar va tuman maktabgacha va maktab taʼlimi mutasaddilari, mahalla faollari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar, Prezidentimiz tomonidan taʼlimga qaratilayotgan eʼtiborga to‘xtalib, yoshlarning taʼlim olishi, hayotda o‘z o‘rnini egallashi uchun barcha sharoitlar yaratilayotganligini eʼtirof etdi.Qayd etilganidek, ushbu maktab davlat dasturiga kiritilib, hozirgi kunda muassasa binosi to‘liq kapital taʼmirlandi. Ushbu jarayonda Yunusobod tumani hokimligi ham tashabbus ko‘rsatdi. Hamjihatlikda qilingan ezgu ishlar natijasida endilikda o‘quvchilar keng, yorugʼ, issiq xonalarda taʼlim-tarbiya olishadi.Taʼkidlash joizki, mazkur maktab 1076 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa-da, taʼmirdan chiqqach 1280 nafar o‘quvchi tahsil oladi.
Maktab binosida bolalar uchun sport zallari, o‘quv mashg‘ulotlari va to‘garak xonalari ham mavjud. Endi tuman o‘quvchilari zamonaviy asosdagi keng va yorug‘ xonalarda tahsil olib, bilimlarini mustahkamlab boradi.

Powered by GSpeech