HOKIMNING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI.
Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, fuqarolar murojaatini tinglash hamda muammolarini bartaraf qilish maqsadida o‘zining navbatdagi qabulini tuman hokimligida o‘tkazdi.
Qabulda fuqarolardan ishga joylashish, mulk huquqi, uy-joy, subsidiya ajratish, oilaviy tadbirkorlik va boshqa o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi. Murojaatchilar orasida oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, mahallasidagi xotin-qizlarni, ishsiz yoshlarni oyoqqa turg‘azaman deganlari ham bo‘ldi. Qabulda fuqarolar o‘z muammolari va takliflari yuzasidan tuman hokimiga murojaat etib, ularni qiziqtirgan yoki qiynayotgan savollariga atroflicha javoblar oldi.
Barcha murojaatlarga mutasaddilarni mas’ul qilib biriktirildi. Ijrosi qat’iy nazoratga olinib, aksariyati joyida hal etildi. Ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qanoatlantirildi.
Qabulda ishtirok etgan hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassalalar vakillari bilan birgalikda bildirilgan murojaatlarga, shu yerning o‘zida yechim ham topildi. Muddat talab qiladiganlarini hokim, o‘z nazoratiga oldi.
O'zbekcha
Русский
English