Yunusobod tumani — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1936-yilda Kirov tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992-yil may oyidan Yunusobod tumani deb ataladi.

Sanoat korxonalaridan „Uzbekqishloqmash“, „Yulduz“ tikuvchilik, „Asbobsoz“, „Raupxon“ korxonalari; vagon taʼmirlash zavodlari, kitobjurnal fabrikasi, „Oʻzbekenergotaʼmir“ ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar ishlab turibdi. Chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan „Dilek interprays“, „Aylin Gida Sanayi“, „Aziya Silk“ shoʻʼba korxonalari, „Rastr“, „Supertekstil“ korxonalari, shuningdek, mebel ishlab chiqaruvchi 3 ta kushma korxona bor.






20 ga yaqin ilmiy tadqiqot instituta, loyihalash institutlari, 6 litsey, 6 kasbhunar kolleji, 4 oliy oʻquv yurti, 42 umumiy taʼlim maktabi, 3 musiqa maktabi, 70 maktabgacha tarbiya muassasasi, 8 ta kasalxona, 40 poliklinika va ambulatoriya muassasalari, 1 sanatoriy bor. 2 kinoteatr, „Turkiston“ kinokonsert zali, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston xalklari tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi, hayvonot bogʻi, „Interkontinental“, „Dedeman Silk Road“, „Sheraton“ mehmonxonalari, Shahidlar xotirasi majmuasi, 5 madaniyat uyi, 12 kutubxona, 186 sport inshootlari, Olay, Yunusobod bozorlari, 1785 ta savdo, 356 ta umumiy ov~ qatlanish va 467 ta maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turipti. T.ning asosiy televizion minorasi tuman hududida joylashgan.
Turar joy fondining umumiy foydali maydon 5223 ming m2. Yunusobod tumani hududida T. metropoliteni Yunusobod yoʻnalishining Yunus Rajabiy, Abdulla Qodiriy, Minor, Habib Abdullayev styalaridan elektr poyezdlar qatnaydi. 2005 yilgacha yana 3 stya (F. Xoʻjayev, „Yunusobod“, „Turkiston“)ni ishga tushirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.