Ish faoliyati

Yunusobod tumani hokimi
1968 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Millati o‘zbek.
Ma'lumoti oliy. 1992 y. Toshkent davlat universiteti. 1995 Toshkent davlat yuridik instituti


Vazifa va funksiyalari

Quyidagilar Yunusobod tuman hokimining asosiy vazifalari hisoblanadi:


Tuman hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va Vazirlar Mahkamasi hamda Toshkent shahar hokimligi qabul qilgan hujjatlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni tashkil qilib, aholini tumanni boshqarishga jalb etishni ta'minlaydi;

Qonunlarning hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari hamda Toshkent shahar hokimi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;

o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlarni qabul qiladi;

jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;

aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini qarab chiqadi, joylarda tashkil etilgan “Xalq qabulxonalari” ni faoliyat ko‘rsatishiga har tomonlama ko‘maklashadi va ular tomonidan tashkil etiladigan qabullarda ishtirok etadi;

Toshkent shahar hokimligi bilan kelishilgan holda tuman hokimining o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Ushbu masalaga doir qarorlarni qabul qiladi;

hokimlik boshqaruv apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

berilgan vakolatlari doirasida tuman tashkilotlari rahbarlarini tayinlaydi, bo‘lim va tegishli boshqarma rahbarlarini tayinlash bo‘yicha shahar idoralariga takliflar kiritadi;

Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari hamda Toshkent shahar va tuman hokimi qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;

Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;

o‘ziga berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatni ifodalovchi tadbirlar o‘tkazish, qo‘shimcha korxonalar, xo‘jalik tashkilotlari tuzish uchun, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomalar asosida o‘zaro munosabatlar o‘rnatadi;

Tuman hokimligi bo‘lim va boshqarmalariningO‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi talablarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Oliy Majlis palatalari qarorlarini, Prezident Farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, shuningdek, xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlarining hamda Toshkent shahar va tuman hokimining qarorlari va farmoyishlarini bajarish bo‘yicha faoliyatlarini nazorat qiladi;

olib borayotgan ishlari va rahbarlik qilayotgan boshqaruv organlarining faoliyati haqida yilda bir marta xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga xisobot beradi;

tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar idoralari bilan hamkorlikda ish olib boradi;

yangi texnologiyalar va texnikalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, bunda yangiliklarni o‘zlashtirishga yuqori darajadagi qobiliyatli ilmiy va intellektual salohiyatdan samarali foydalanish choralarini ko‘radi;

hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, tuman mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‘l xo‘jaligi, aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o‘z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.

Tuman hokimi o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar Yunusobod tumani hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.

Hokim maqolalari

Powered by GSpeech